Sulsher “Roma” bilan 7:1 bo'lgan o'yin haqida: “Buni takrorlamoqchimiz”

Eldor Akmurzayev
28 apr 2021, 19:55
Yevropa Ligasi 1/2 finalidan o'rin olgan ertangi “Roma”ga qarshi bahs oldidan “qizil iblislar” ustozi Ole-Gunnar Sulsher o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Mavsum oxiri yaqinlashgani sayin muhim o'yinlarda nafaqat ishonch va g'ayrat, balki, omad va mahorat ham albatta talab qilinadi. Yarim finalga qadar juda yaxshi ishni amalga oshirdik. Endi esa shu yo'lning oxirigacha borishni xohlaymiz.

“Manchester Yunayted” ustozi sifatida bosh sovrinni ko'taradigan kuni mening orzuim amalga oshadi. Buning uchun mehnat qilmoqdamiz”, deydi Sulsher.

2007 yil Chempionlar Ligasi chorak finalida “Roma” 7:1 hisobida taslim etilgani haqida

“O'sha ikkala uchrashuvni ham eslayman. Birinchi o'yinni asosiy tarkibda boshlagandim. 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin juda yaxshi natijaga erishdik. O'sha oqshom sehrli bo'lgandi. Alan Smit qoyilmaqom harakat qildi. “Yunayted” nimalarga qodirligini ko'rsatdik. Buni yana takrorlash niyatidamiz!”, deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA