

"Jamoaning YCHLga chiqishi, transfer kampaniyasini o'zgartiradimi? Bu savolga ko'p bora javob berganman. "Manchester Yunayted" va bizning tariximiz, madaniyatimiz, potencialimiz barchaga qiziq. Shu boisdan futbolchilar bizning jamoaga o'tishni istashadi.
YCHLga chiqish jamoa uchun fantastik ish bo'lardi. MYUga kelganimda jamoa YCHL uchun yo'llanma beradigan pog'onadan 11 ochko ortda edi. Endi esa shu pog'onadamiz. Oldindagi 7 o'yinni ham yuqori kayfiyatda o'tkazishimiz kerak. Albatta, shu uchun jonimizni beramiz", - dedi Sulsher.



