Sulsher: "Maguayr MYUda bunchalik tez sardor bo'lishini o'zim ham kutmagandim"

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 15:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Brunu Fernandesh hamda himoyachi Xarri Maguayr haqida gapirdi.

Brunu Fernandesh haqida

"U menga Skoulzni eslatyapti. Biroq maydondan tashqarida u umuman boshqacha inson. "Bryugge"ga qarshi o'yin vaqtida u zaxirada o'tirgan bo'lsa ham, asosiy tarkibda tushgan futbolchilarga katta yordam berib turdi.

10 daqiqa maydonda o'ynagan bo'lsa, o'yinni tubdan o'zgartirib yubordi. U o'yinga 99 foiz kuchini sarflayapti. Bu esa kam"

Xarri Maguayr haqida

"U bunchalik tez muddat ichida MYU sardori bo'lishini o'zi ham kutmagandim. U har doim jamoadoshlari bilan gaplashadi, tajribasini bo'lishadi. Bu ish uchun juda muhim. Tabiiyki, bunday futbolchiga sardorlik bog'ichini berish kerak.

MYU - dunyo futbolidagi 2-3 top klublardan biri. Xarri esa shu jamoada sardor va yetakchi. U jamoani oldinga boshlamoqda va har tomonlama namuna bo'lmoqda. U dam olish haqida o'ylamaydi: termada ham og'ir o'yinlarda maydonga tushadi. Xarri doimo maydonda eng yaxshisi bo'lishga intiladi. Bu esa yetakchilarning asosiy xususiyati"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal