Shota Arveladze: "Har doim ham maqsadga erishilmaydi, boshqalar ham mehnat qiladi va senga xalal beradi"

Narzulla Saydullayev
16 fev 2018, 08:43
BAAda yig'in boshlangach, birinchi mashg'ulotdan so'ng "Paxtakor" matbuot xizmati bosh murabbiy Shota Arveladzening yig'in haqida fikrlari bilan qiziqdi.

- Chempionat boshlanishiga oz vaqt qoldi va to'liq diqqatni jamlab, unga tayyor bo'lishimiz kerak. Yig'inda futbolchilarning o'ziga ishonchi ortishi va jismoniy tetik holatda bo'lishlariga erishishga harakat qilamiz. Boshlangan ishni oxiriga etkazib, Superliga startiga yuqori darajada kirib borishga intilamiz. Futbolda har doim ishlashda davom etish lozim. Har doim ham maqsadga erishilmaydi, boshqalar ham mehnat qiladi va senga xalal beradi. Bizda xatolarimizni ko'rsatib bergan o'yinlar bo'ldi. Endi ularni bartaraf etish ustida ishlaymiz.

Klub rahbariyatiga mavsumga ko'ngildagidek hozirlanish uchun dastlab Turkiya va endi BAAda yaxshi sharoitda yig'in tashkil qilib bergani uchun rahmat aytaman, - deydi Shota Arveladze "Paxtakor" klubi rasmiy saytiga. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz