Shota Arveladze: "Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman!"

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025, 17:20
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi, gruziyalik afsona Shota Arveladze O'zbekistonga tabrik xati yo'lladi.

"Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqqan O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman! Men 4 yil mehnat qilgan yurt shunday ulkan yutuqlarga erishganidan behad xursandman. Sobiq o'yinchilarimning muvaffaqiyatlaridan quvonch his qilmoqdaman. Do'stlarimni, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, barcha xodimlar, Futbol assotsiatsiyasi va uning rahbariyatini bu buyuk g'alaba bilan samimiy muborakbod etaman!", – deyiladi gruziyalik murabbiyning xatida.

Avvalroq "Paxtakor" afsonasi Vasilis Xadzipanagis O'zbekistonni mundial yo'llanmasi bilan tabriklagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/shota_arveladze