

Avvalroq jurnalist Vladislav Tatur O'zbekiston terma jamoasi a'zosining BATE ustozi Aleksandr Mixaylov bilan kelishmovchiligi tufayli o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazilgani aytilgandi.
Futbolchi bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:
"Menda klub bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. Jarohatim sababli murabbiydan almashtirishni o'zim so'radim. Menimcha, zaxiraga olinganimdan so'ng darhol kiyinish xonasiga kirib ketganim uchun odamlar meni murabbiy bilan ziddiyatga borgan deb o'ylagandir. Hozirda yakka tartibda shug'ullanyapman".
Eslatib o'tamiz, kecha "Shaxtyor" Petrikovga qarshi o'rtoqlik uchrashuvining birinchi bo'limida (2:2) Umarov bosh murabbiy Mixaylov tomonidan zaxiraga olingandi.



