Manba: Shahboz Umarov Qozog'istonda

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 14:27
Vinger Shahboz Umarov hozirda Turkistonning "Turon" jamoasi ixtiyorida.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Birinchi liga jamoasida jismoniy holatini saqlab turibdi.

Umarov hozirda Qozog'iston Premer-ligasi klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va faoliyatini Qozog'istonda davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda.

O'zbekistonlik vinger "Ordabasi", "Turon" va "Tobol" jamoalaridagi faoliyati bilan qozog'istonlik muxlislariga yaxshi tanish.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum “Bunyodkor” tarkibida 7 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Эльдар Аманбаев