

27 yoshli futbolchi uchun Qozog'iston jamoalari begona emas. U bunga qadar “Ordabasi”, “Turan” va “Tobol” jamoalarida harakat qilgan. U ushbu mavsumning birinchi qismida “Bunyodkor” tarkibida Superliganing 4 o'yinida umumiy 93 daqiqa harakat qildi.
Umarov 2023 yilda Qozog'iston chempioni va 2022 hamda 2025 yillarda Qozog'iston Kubogi sohibiga aylangan.




