Saudiya Arabistoni Qiroli ertangi kunni dam olish kuni deb e'lon qildi

Mirjalol Normatov
22 noya 2022, 21:10
Bugun JCH-2022 doirasida Saudiya Arabistoni ilk turda Argentinani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu g'alaba Saudiya Arabistoni ahli uchun haqiqiy bayram bo'lishi kutilmoqda.

Chunki saudiyaliklar g'alabani nishonlash uchun Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud ertangi chorshanba kunini mamlakatda dam olish kuni deb e'lon qildi.

Saudiya Arabistoni JCH-2022dagi keyingi uchrashuvlarini 26 noyabr kuni Polshaga qarshi, 1 dekabr kuni esa Meksikaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia