"Roma" Alisson borasida hech qaysi jamoadan taklif olmagan

Mirjalol Normatov
27 iyun 2018, 15:50
"Roma" darvozabon Alisson borasida rasmiy ravishda hech qanday taklif olmagan.

Bu haqda "Roma" sport direktori Monchi xabar berdi.

"Bizda Alisson borasida takliflar yo'q. Barcha fikrim mundialning yakuniga qaratilgan. Umid qilamanki, Braziliya uzoqroqqa bora oladi. Keyinchalik u jamoadoshlari bilan oz vaqt dam oladi. Aniq aytaman, unga hech kim taklif bilan chiqmadi. Patrik Shik borasida ham shunday deya olaman. Matbuot ular haqida ko'plab yangiliklar chiqarmoqda. Bu mish-mishdan boshqa hech nima emas", - dedi Monchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal