Ekvador terma jamoasi mundial davomida sardorini o'zgartirdi - Fabricio Romano

29 iyun 2026, 14:50
Ekvador terma jamoasi yarim himoyachisi Moyses Kaysedo bundan buyon milliy jamoa sardori etib tayinlandi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, sardorlik bog'ichini unga ilgari ushbu lavozimni egallab kelgan hujumchi Enner Valensiyaning shaxsan o'zi topshirgan.

Eslatib o'tamiz, Kaysedo 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining Germaniyaga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvida (2:1) maydonga sardor sifatida tushgan edi.

Moyses milliy terma jamoa safida 64 ta match o'tkazib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Ekvador JCH-2026 1/16 finalida Meksika bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 1 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com