Rasmiy xabar: OKMK "Lokomotiv" hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
13 yanv 2024, 15:22
OKMK yangi mavsum oldidan yana bir transferni e'lon qildi.

"Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ali Abdurahmonov 2003 yil 19 noyabr kuni tavallud topgan. Maydondagi joylashuvi markaziy hujumchi. Faoliyati davomida "temiryo'lchilar" safida umumiy 31 o'yinda maydonda harakatlanib, 6 ta gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan. Yosh iqtidorli futbolchi yangi mavsumdan e'tiboran olmaliqliklar safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати