Ali Abdurahmonov Superligada debyut qildi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2022, 10:26
"Lokomotiv" futbol klubi so'nggi yillarda yosh futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishi uchun katta yo'l ochib bermoqda.

"Temiryo'lchilar"ning yosh hujumchisi Ali Abdurahmonov o'tgan mavsum U-18 va U-21 jamoasi safida sermahsullik qayd etib, umumiy hisobda 19 ta gol bilan mavsumni yakunlagandi.

Coca Cola Superligasi 2-turi doirasida AGMKga qarshi o'yinda Ali Abdurahmonov 78-daqiqada zahiradan maydonga tushdi va professional futboldagi debyutini amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, 2003 yilda tug'ilgan forvard Odil Ahmedov nomidagi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Локомотив" ФК матбуот хизмати