Rasman: Neymar "Barselona"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
9 mar 2021, 16:12
PSJ forvardi Neymar CHL 1/8 final "Barselona"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.

Bu haqda francuz klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujumchi jarohat sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. O'yinchi qisman mashg'ulotlarni davom ettirmoqda, ammo to'laqonli tiklangani yo'q.

Neymardan tashqari bo'lajak o'yinni himoyachi Xuan Bernat va forvard Moyze Kin o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, PSJ va "Barselona" o'rtasidagi javob o'yini chorshanba kuni bo'lib o'tadi, ilk o'yin parijliklarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr