PSJ direktori klub futbolkalar savdosi bo'yicha dunyoda yetakchi ekanligini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2022, 01:03
Foydaning yarmidan ko'p qismi Lionel Messining futbolkalari sotuvidan olingan.

PSJ klubining tijorat masalalari bo'yicha direktori Mark Armstrong klub liboslar sotuvi bo'yicha katta foyda ko'rayotganligini ma'lum qildi.

"Biz dunyoning istalgan klubidan ko'proq futbolkalar sotyapmiz", -deydi Armstrong. 

Bundan bir qancha muddat ilgari sotilayotgan futbolkalarning 60% qismi Lionel Messining nomi tushirilgan liboslar ekani ma'lum bo'lgandi. 

Messi kelganidan so'ng, klub 2020/21 yilgi mavsumdagi barcha sotuvlar bo'yicha raqamlarni yarim yilning o'zida yangilab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Culture PSG