Pedri "Barselona" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
17 sen 2021, 14:33
"Barselona" xavbeki Pedri klub bilan hamkorlikni davom ettirishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar olib borishdi va yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Muzokaralar yakuniy bosqichda. Ma'lum bo'lishicha, shartnomada o'yinchining tovon puli 400 yoki 500 million evro etib belgilanadi.

18 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira