"Paxtakor"ning asosiy tarkibi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2018, 10:42
Payshanba kuni "Paxtakor" asosiy jamoasi mehmoni futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo'lishdi.

2007 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari asosiy tarkib mashg'ulotlari yakuniga etgach, ularga qarshi kichraytirilgan maydonda futbol o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Kattalardan 2 nafari akademiya bolalarining 4 nafari bilan o'ziga xos o'yinda to'qnash keldi. Bunda asosiy tarkibning har bir a'zosi tarbiyalanuvchilarga qarshi maydonda harakat qildi. Mashg'ulot yakunida murabbiylar shtabi a'zolari ham bolalar bilan futbol o'ynashdi.

Bunday mashg'ulot va o'yinlar klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga "Paxtakor"ning asosiy tarkib futbolchilari bilan tanishishdan tashqari klub haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish, uning ananalarini his qilish va hurmat qilishni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz