O'zbekistonlik hakamlar U-22 Osiyo Chempionati bahslariga taklif etildilar

Narzulla Saydullayev
17 dek 2013, 15:56
O'zbekistonlik hakamlar 2014 yilning yanvar oyida Ummon mamlakati mezbonlik qiladigan U-22 Osiyo chempionati final bosqichi o'yinlarida ishlaydilar.
OFK 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari Ummon poytaxti Muskat shahrida tashkil etiladigan U-22 yoshlar o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati bahslarida ishlaydigan hakamlar nomini tasdiqladi. Unga ko'ra, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'yinlariga ikki nafar o'zbekistonlik hakamni taklif etgan.

Jumladan, o'zbekistonlik OFK instruktori Farhod Abdullaev Ochiyo chemionati o'yinlarida nazoratchi sifatida ishlasa, FIFA laynsmeni Jahongir Saidov yordamchi hakam sifatida musobaqa o'yinlarida ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, OFK miqyosida ilk marta tashkil etilayotgan 22 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi (U-22) Osiyo chempionati bahslari 2014 yilning 11-26 yanvar kunlari Ummon mamlakatida bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com