O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi

Alisher
3 noya 2021, 11:14
Srechko Katanets O'zbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari uchun tarkibni e'lon qildi.

OFK kalendariga muvofiq, 8-16-noyabr Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo'lib o'tadi. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.


Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Davronbek Hoshimov ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Rustam Ashurmatov ("Gangvon", Janubiy Koreya), Dostonbek Tursunov ("Chuncin Lifan"), Jaloliddin Jumaboev ("Lokomotiv"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tejon", Janubiy Koreya), Otabek Shukurov ("Al Sharja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Javohir Siddiqov ("Lokomotiv"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Jasur Yaxshiboev ("Sheriff", Moldova), Shahboz Umarov (BATE, Belarus), Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Azizbek Amonov ("Lokomotiv")


"Nasaf"dan futbolchi chaqirilmagani sababi Qarshi jamoasining OFK Kubogi finalidagi ishtiroki bilan bog'liq.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz