"Opta" A Seriyaning qishki ramziy terma jamoasiga "Yuventus"ning birorta o'yinchisini kiritmadi

Tolibjon Qosimov
19 mar 2019, 17:16
"Opta" statistik kompaniyasi qish faslining 3 oyidan kelib chiqib A Seriyaning qishki ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

Undan Italiya chempionatining yaqqol yetakchisi "Yuventus"ning birorta o'yinchisi joy olmagan.

"Opta" talqiniga ko'ra A Seriyaning qishki ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluidji Donnarumma ("Milan").

Himoyachilar: Alessio Romanoli ("Milan"), Franchesko Acherbi ("Lacio"), Stefan de Vrey ("Inter").

Yarim himoyachilar: Petr Zelinski, Xose Kalexon (ikkisi – "Napoli"), Dennis Prat ("Sampdoriya"), Alexandro Gomes ("Atalanta").

Hujumchilar: Arkadiush Milik ("Napoli"), Kshishtof Pentek ("Milan"), Duvan Sapata ("Atalanta").

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaPaolo