Neymar: "2014 yilda jarohat tufayli faoliyatimni yakunlashdan qo'rqqanman"

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016, 16:52
"Barselona" va Braziliya terma jamaosi hujumchisi Neymar o'z faoliyatidagi eng qiyin vaziyat haqida gapirib berdi.

"Faoliyatimda omadsiz paytlar bo'lgan, ammo eng og'iri 2014 yildagi jahon chempionatida sodir bo'lgan. Bolaligimdan jahon chempion bo'lishni istardim va Kolumbiyaga qarshi bahsda jiddiy jarohat oldim. Ushbu shikastlanish futboldagi faoliyatimga chek qo'yishi mumkin edi, ammo baxtimga meni yaqinlarim qo'llab turdi. Bunday vaziyatlardan qo'llab-quvvatlash juda muhim" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es