

Neapolliklar ispanni tekinga qo'lga kiritishmoqchi. O'z navbatida, Kataloniya klubi rahbariyati maoshlar miqdorini tushirish uchun o'yinchisini qo'yib yuborishga qarshi emas.
Shu bilan birga, Alba bilan ehtimoliy shartnoma imzolanishi "Napoli"ning hozirgi chap qanot himoyachilari Mario Ruy va Matias Oliveyraning kelajagiga ta’sir qilmaydi.
Albaning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 33 yoshli himoyachi joriy mavsum klub safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.



