MYUning 19 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2020, 00:35
Biroz oldin, Angliya Kubogi yarim finalida o'rin olgan “Manchester Yunayted” hamda “Chelsi” o'rtasidagi bahs o'z nihoyasiga etdi.

Unda londonliklar 3:1 hisobida zafar quchib, musobaqaning finaliga yo'l oldi.

Shu tariqa, “qizil iblislar”ning 19 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Ole Gunnar Sulsher shogirdlari so'nggi bor 23 yanvar kuni APL doirasida “Byornli”ga (0:2) qarshi o'tgan bahsda imkoniyatni boy bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia