

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, sloveniyalik futbolchining "Arsenal"ga o'tishi deyarli barbod bo'lgani sababli Manchester klubida Sheshko nomzodi yana muhokamaga qo'yilmoqda.
Takidlanishicha, MYU kimni qanchaga transfer qilishi klubning hozirgi o'yinchilarni sotishiga bog'liq. "Leyptsig" hujumchi uchun 70-80 million funt sterling talab qilmoqda. Boshqa ma'lumotlarga ko'ra, bu summa avgust oyiga yaqin kamayishi mumkin.
MYU hamon Jeydon Sancho va Antonini sotishni rejalashtirmoqda. Biroq, Romanoning aytishicha, Alexandro Garnachoning ketishi Sheshko atrofidagi vaziyatni tubdan o'zgartirishi mumkin.


