

"Monako" Frank Passini jamoa bosh murabbiyi Terri Anrining yordamchisi deb e'lon qildi. 52 yoshli murabbiy o'z vaqtida "Marsel" va "Lill"da ishlagan.
Futbolchilik faoliyatida Passi Fransiya chempionati doirasida 500 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan, 1993/94-yilgi mavsumda esa monegasklar sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Monako" 17 o'yindan so'ng Fransiya chempionatida 19-o'rinni egallab turibdi.




