Messi: "Qay tariqa jahon chempioni bo'lganimizni hech qachon yoddan chiqarmaymiz"

Mirjalol Normatov
28 mar 2023, 22:15
Argentina termasi sardori Leo Messi jahon chempionligini yodga oldi.

"Oldin ham aytganimdek, biz ajoyib kunlarni boshdan o'tkazyapmiz. Dastlabki o'yindagi mag'lubiyatdan keyin biz jahon chempionligini qo'lga kiritdik. Biz diqqat markazda bo'lish uchun anchagina belgilar qoldirganmiz.

O'rtoqlik o'yinlarida, saralashlarda o'ynash uchun ko'p o'yinlarda qaytish kerak bo'ldi. Jahon chempionligidan keyin esa barchasi boshqacha, argentinaliklar doimo buni isbotlab yurgandek ko'rinmoqda.

Futbol muxlislari bizning, mening jahon chempioni bo'lganligimizdan, kubokning Janubiy Amerikaga qaytishidan xursand bo'lishdi. So'nggi gapim sifatida shuni aytishim mumkinki, futbolga bo'lgan muhabbat jahon chempionligidan keyin yanada oshdi. Biz qay tariqa shu sovrinni qo'lga kiritganimizni hech qachon yoddan chiqarmaymiz", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal