Messi "Barselona" bilan shartnoma uzaytirishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2017, 11:58
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnoma uzaytirishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining agenti va otasi Xorxe Messi Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bilan muzokara o'tkazgan. Uchrashuv natijalariga ko'ra, shartnoma uzaytiriladi.

Oldinroq Messi klubning taklifini rad etgan edi: Argentinalik futbolchiga 2022 yilning yozida tugaydigan shartnoma va 30-35 mln. evrolik yillik maosh taklif qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca