

Mbappe kuni kecha Liga 1 doirasidagi "Lill"ga qarshi o'yinda (4:3) dubl qayd etgandi.
"Opta" ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe 24 yosh-u 2 oyligida chempionatdagi 150-to'pini kiritdi. Oldingi yetakchilar Jyust Fonten 1959 yil 26 yosh-u 2 oyligida va Erve Revelli 1972 yil 26 yosh-u 3 oyligida bu marrani zabt etgan.


