
Ispaniyaning olimpiya terma jamoasi 24-yoshli futbolchisini “Manchester Yunayted” o'z safiga qo'shib olishni istayapti.
“Qizil iblislar” futbolchi uchun 30 million evro taklif etish istagi borligini bildirishgan. Biroq o'z navbatida “Atletik” klubi futbolchi uchun 36 million evro so'rayapti.
Aynan manashu narx yarim himoyachining “Atletik” bilan tuzgan shartnomasida keltirib o'tilgan, deb xabar beradi Marca.
Takidlanishicha, “Manchester Yunayted” Maruan Fellayni (“Everton”) va Mesut Ozil (“Real”)larni sotib olish bo'yicha muammoga duch kelganidan so'ng, Errerani sotib olish bo'yicha taklif bilan chiqqan.