

"Biz xarakter ko'rsata oldik. Tomoshabop o'yin ko'rsatdik va qo'rqmay o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa o'z imkoniyatlarimizni golga aylantira oldik. Ukraina vaziyatlar yarata olmadi. Biz bu o'yinni yodda saqlagan holda, kelajakda yana shunday bahslar o'tkazishimiz kerak. Hozircha ishni yarmini bajardik. Oldinda esa pley-off o'yinlari kutib turibdi", - deydi Modrich.




