"Liverpul" jarohatdan tiklanayotgan van Deykning suratlarini namoyish qildi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2021, 01:29
"Qizillar" matbuot xizmati markaziy himoyachi Virjil van Deykning suratlar to'plamini e'lon qildi.

Suratlarda tizzasidan jarohatlangan niderlandiyalikning tiklanish mashqlarini bajarayotgani aks etgan.

Eslatib o'tamiz, van Deyk 17 oktyabrdan beri jarohatlanganlar safida. U qachon maydonga qaytishi hali noma'lum.

"Liverpul" APL turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi, "qizillar" allaqachon qolgan turnirlardan chiqib ketishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com