"Liverpul" APL g'olibligi uchun kubokni qabul qilib oldi

Alisher Ostonov
26 may 2025, 00:24
"Liverpul" 2024/25 yilgi mavsum APL g'olibligi uchun kubokni qo'lga kiritdi.

"Liverpul" APLning 38-turida "Kristal Pelas" (1:1) bilan durang o'ynadi.

Arne Slot murabbiyligidagi jamoa esa aprel oyidayoq 34-turda muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgandi.

Bugun "Enfild"da "qizillar"ga sovrin topshirildi. Sardor Virjil Van Deyk kubokni boshi uzra ko'tardi, shundan so'ng jamoa muxlislar bilan chempionlikni nishonlay boshladi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/LFC