Timur Kapadze "Enfild"da bo'ldi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025
Kuni kecha "Manchester Siti" mashg'ulotlarida bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bugun "Liverpul" stadioni "Enfild"ni borib ko'rdi.

Timur Kapadze muhtasham stadion bilan yaqindan tanishdi. Stadion ichki qismi, kiyinish almashtirish xonasi, matbuot anjumani xonasi, shular jumlasidan.

Eslatib o'tamiz, Kapadzening milliy jamoa boshqaruvidagi keyingi faoliyati hamon noma'lumligicha qolmoqda. Kecha "Eshitdik-da" rukni ostida O'FA "Oltin to'p" sohibi bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida xabar chop etilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia