La Ligada oy o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Administrator
22 okt 2025, 21:33
Oktyabr oyida yaxshi o'yin ko'rsatgan bir necha futbolchi nomi ro'yxatda bor.

La Ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi mukofotiga nomzodlar ma'lum qilindi. Oktyabr oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 5 nafar futbolchi nomzod etib ko'rsatildi.

Antoni ("Betis") - 2 ta o'yin, 2 ta gol, 7 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan, uzatmalar aniqligi - 83,9%

Xorxe de Frutos ("Rayo Valekano") - 2 ta o'yin, 2 ta gol, 7 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan, uzatmalar aniqligi - 83,3%

Kilian Mbappe ("Real") - 2 ta o'yin, 2 ta gol, 1 ta golli uzatma, 4 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan, uzatmalar aniqligi - 88,2%

Yan Oblak ("Atletiko") - 2 ta o'yin (1 ta quruq o'yin), darvozaga yo'naltirilgan 6 ta zarbadan 5 tasini qaytargan.

Pedri ("Barselona") - 2 ta o'yin, 1 ta gol, 1 ta golli uzatma, 7 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan, uzatmalar aniqligi - 84%

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: laliga.com