La Liga. Baneganing yagona goli “Sevilya”ga uch ochko keltirdi

5 may 2018, 02:03
Ispaniya chempionatining 36-turida “Sevilya” o'z uyida g'alabaga erishdi.

“Real Sosedad”ga qarshi o'yinning 47-daqiqasida Ever Baneganing penaltidan kiritgan goli maydon egalariga uch ochko keltirdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Sevilya” 51 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Real Sosedad” 47 ochko bilan 10-o'rinni band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia