

"Bu qaror meni hayron qoldirdi. U nimadir yangilik qilmoqchi bo'ldi. U 30 yoshda va ikki-uch yildan so'ng bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligini biladi. U hozirda yangi qadam uchun juda ham yaxshi yoshda.
OAVda bu haqda ko'plab xabarlar tarqaldi. Boshida men buni umuman kutmadim va shunchaki mish-mishlar deb o'yladim. Kazemironing ketishi men uchun syurpriz bo'ldi. Chempionlar Ligasi o'rniga Yevropa Ligasi - katta farq", - deydi Kroos.
30 yoshli braziliyalik 2022 yilning avgustida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi. U manchesterliklar bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi.



