Konte: "Balotelli Italiya terma jamoasidagi joyga munosib bo'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2015, 13:45
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Kontening takidlashicha, hujumchi Mario Balotellida milliy jamoaga qaytish uchun imkoniyat bor.

"Balotellining terma jamoaga qaytishi? Milliy jamoa eshiklari barcha uchun ochiq. Ammo terma jamoadaga joyga munosib bo'lish lozim. Men faqat o'yinni emas, balki o'zini tutishni ham nazarda tutyapman. Hammasi Marioga bog'liq, unda imkoniyat bor" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com