Balotelli A Seriya klubiga o'tishga yaqin

Alisher
13 okt 2024, 22:40
Mario Balotelli "Jenoa"ga transfer bo'lishga yaqin.

34 yoshli hujumchi bir necha kundan buyon italyan klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar so'nggi soatlarda kelishuvga yaqinlashishdi. Agar bugun kutilmagan nimadir ro'y bermasa, bitim borasida kelishuvga erishilishi mumkin.

Qayd etilishicha, o'yinchi 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashi mumkin.

Balotelli hozirda "Adana Demirspor"dan ketganidan beri erkin agent maqomida yuribdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset