

Genuyaliklar vinger bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 33 yoshli futbolchi yozda o'zi 2020/21-yilgi mavsumdan beri o'ynagan "Roma"ni tark etdi.
El Shaaravi "Jenoa" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2011 yilda "Milan"ga qo'shilgan, 2012 yildan 2024 yilgacha Italiya terma jamoasi safida 32 ta o'yin o'tkazgan.
Vinger o'tgan mavsumda A Seriyaning 20 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi.



