Karim Benzema "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi

Alisher
5 may 2022, 10:16
"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoaning Chempionlar Ligasi finaliga chiqqani borasida gapirdi.

Madridliklar javob o'yinida "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Gollardan biriga Benzema mualliflik qildi.

"Hissiyotlarga boy kecha... Jamoa bilan juda faxrlanaman. Fransiyadagi finalda ko'rishguncha", - deb yozdi Benzema o'z ijtimoiy tarmog'iga.

"Shaharliklar" ilk o'yinda "Real"ni 4:3 hisobida yutgandi. "Real" javob bahsida 3:1 hisobida g'alaba qozondi va turnir finaliga chiqdi.

Madridliklar 28 mayda Sen-Denidagi "Stad-de-Frans"da "Liverpul" bilan o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/karimbenzema