Joze Mourinyu: "Chexga APLda birinchi raqamli futbolkani taqdim etgan murabbiy bo'lish men uchun katta sharaf"

16 yanv 2019, 01:14
"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlashni e'lon qilgan Petr Chex haqida to'xtalib o'tdi.

"Shaxsan men uchun Chexga Angliya chempionatida birinchi raqamli futbolkani taqdim etgan murabbiy bo'lish katta sharaf.  O'sha kundan hammasi boshlandi. Uning natijalari, quruq o'yinlar seriyasi, sovrinlar va professionalizm. Bu futbolda katta yo'qotish hisoblanadi. Ammo, tarixni o'chirib bo'lmaydi. Petr Chexni futboldagi ajoyib faoliyati bilan tabriklayman", – deya Mourinyuning so'zlarini keltirdi  Sky Sports nashri.

Petr Chex APL rekordchisi hisoblanadi (statistika)

Rasman: Petr Chex mavsum tugaganidan so'ng faoliyatini yakunlaydi

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports