Rasman: Petr Chex mavsum tugaganidan so'ng faoliyatini yakunlaydi

15 yanv 2019, 16:33
Chexiyalik tajribali darvozabon bu haqda o'zining tvittyerdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Men professional futbolchi sifatida 20 yil o'ynadim. O'ylashimcha, hozir faoliyatimni tugatish uchun ayni qulay payt bo'lsa kerak. Mavsum nihoyasiga etganidan so'ng qo'lqoplarimni mixga ilaman. 15 yil Angliya chempionatida harakat qildim. O'zim maqsad qilgan har bir sovringa erishganimni his qilib turibman. "Arsenal"da qattiq ishlashda davom etaman va mavsum so'ngida jamoam bilan sovrin yutishga umid qilaman", - dedi Petr Chex.

O'xshash yangiliklar


Manba: Петр Чехнинг твиттердаги саҳифаси