

Shu o'rinda Petr Chexning darvozabon sifatida o'rnatgan rekordlarini ko'rib chiqamiz.
24 - Chex 2004/2005 yilgi mavsumda "Chelsi" tarkibida APLning 24 uchrashuvida gol o'tkazib yubormagan. Haligacha bu natijani hech kim takrorlay olgani yo'q.

202 - Angliya chempionatida 443 uchrashuvda ("Chelsi", "Arsenal" safida) harakat qilgan Petr Chex 202 o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan. Bu musobaqaning mutloq rekordi hisoblanadi.

1006 - 36 yoshli kiperning statistikasini Opta Sports nashri 2006/2007 yilgi mavsumdan beri hisoblab keladi. Manbaga ko'ra, o'shandan buyon Chex 1006 marotaba seyv amalga oshirgan. Ushbu natijaga Angliya chempionatida Petr Chexdan boshqa hali hech kim qila olgani yo'q.




