Joze Mourinyo: "Mxitaryan va Kerrik finalni o'tkazib yuborishi mumkin"

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 07:25
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo "Sent Eten"ga qarshi bahsja jarohat olgan Genrix Mxitaryan va Maykl Kerrikning ahvoli haqida gapirdi.

"Jarohatni istalgan paytda olish mumkin, ko'chaga chiqqanda toshga urilib kyetib masalan. Menimcha bu ikki futbolchi Angliya liga kubogi finalida o'ynay olishmaydi, ularning o'rni biladi. Tizzaosti mushak va oyoq mushaklari uch kunda bitmaydi".

Eslatib o'tamiz, Genrix Mxitaryan va Maykl Kerrik "Sent Eten" bilan bahsning 25 va 62-daqiqalarida almashtirildi. MYU ikki o'yinda ham (3:0 va 1:0) g'alabaga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com