Kerrik: "Lyuk Shou Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun tarkibidan o'rin olishga loyiq"

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 19:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik himoyachi Lyuk Shou mundial final bosqichida to'p tepishga munosibligini ta'kidladi.

"Shou tarkibdan o'rin olishga loyiqmi? Albatta, shunday. Men bu masalaga unchalik ta’sir ko'rsata olmayman, lekin haqiqatan ham shunday deb o'ylayman.

Yana bir bor aytaman, uning barqarorligi, nimalarga qodirligi... Uning o'yini, tajribasi, kuchli tomonlari, fazilatlari etirofga loyiq. Men uchun u ajoyib himoyachi. Uchalasi ham (Shou, Maguayr va Maynk - tahr.) o'z imkoniyatlariga putur etkazmagani aniq", – dedi angliyalik murabbiy.

30 yoshli Shou Tomas Tuxel davrida, jumladan, nemis murabbiyi birinchi marta Shouning "Yunayted"dagi jamoadoshlari Maguayr va Maynuni chaqirgan paytda milliy terma jamoaga jalb etilmagan.

Shou 2025/26 yilgi mavsum 37 o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. U milliy terma jamoasi safida 34 o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Uning milliy terma jamoadagi so'nggi o'yini 2024 yil iyul oyida o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN