Italiyalik mutaxassisning fikricha, YCHLdan ko'ra, Angliya liga Kubogining finaliga chiqish qiyinroq

Eldor Akmurzayev
23 apr 2019, 23:18
Chelsi bosh murabbiyi Maurisio Sarri YCHL va Angliya liga Kubogi musobaqalarini o'zaro solishtirdi.

“Insonlar chempionlar ligasiga haddan tashqari ko'p e'tibor berib yuboradi. Ha, bu klublar o'rtasidagi asosiy musobaqa. Biroq, undan bir pasta chiqib ketishing mumkin. YCHLda yaxshi o'ynashing kerak bo'ladi va senga omad ham zarur hisoblanadi. APL – juda ham qiyin turnir. Angliya liga Kubogida esa biz finalgacha Liverpul va Tottenhem to'sig'idan o'tishimizga to'gri keldi. Hal qiluvchi bahsda esa Manchester Siti bilan o'ynadik. Shunday ekan YCHLdan ko'ra, Angliya liga Kubogining finaliga chiqish qiyinroq”, – deya qayd etgan itlaiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail