Italiyada yangi mavsumdan videotakrorlardan foydalanish boshlanadi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2017, 09:22
Italiya futbol Federatsiyasi rahbari Karlo Tavekkio 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab A seriya o'yinlarida videotakrorlar qo'llaniladi.

Bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun alohida xona bo'ladi, uchrashuvlarni kamida 8tadan telekamera tasvirga tushuradi. A Seriya xarajatlar uchun 2 million evroni o'z bo'yniga oladi.

FIFA hali yakuniy rozilikni yubormadi, ammo barchasi yangi mavsumdan videotakrorlar qo'llanilishiga qarab ketmoqda, - deydi Tavekkio.

O'tgan yildan boshlab Italiya A seriyasida golni aniqlash tizimi qo'llanilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net