Kasilyas VAR borasida tavsiya berdi

Mirjalol Normatov
9 noya 2019
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas futboldagi videotakrorlar tizimi haqida gapirdi.

"Fikrimcha, VAR tizimida o'tiradigan hakamlarning yoniga bir sobiq futbolchini qo'shish kerak. Bevosita professional futbolchi sifatida maydonda harakat qilgan odamning bu erdagi fikri hakamlar uchun ham qiziq va foydali bo'lishi mumkin", - dedi Kasilyas.

Uzoq muddat davomida kasalligi tufayli maydondan tashqarida bo'lgan Iker yaqindagina ilk mashg'ulotini o'tkazgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal