Atletiko prezidenti: VAR yaxshi hakamlikni o'ldirdi

Alisher
26 fev 2025
Madridning Atletiko klubi prezidenti Enrike Sereso zamonaviy futbolda videotakror tizimidan (VAR) foydalanish haqida tanqidiy fikr bildirdi.

"Hakamlarni tanqid qilishdan tiyilish va ularga o'z vazifalarini bajarishga imkon berish kerak. Ular adolatli va xolis hakamlikni taminlashlari kerak. VAR tizimi hakamlarning yaxshi ishlash darajasini yo'q qildi. Ammo, hech kim buni tan olishni istamaydi, shuning uchun hammasi o'zgarishsiz qoladi," - deya uning so'zlarini keltiradi Sereso.

Eslatib o'tamiz, kecha Atletiko Ispaniya kubogi 1/2 finalining dastlabki o'yinini Kataloniyaning Barselona jamoasiga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv 4:4 hisobidagi durang bilan yakunlandi.


AlisherMuallif
Manba: AS