Italiya chempionati. “Bo'rilar” Rim derbisida “Lacio”ni engishdi

19 noya 2017, 00:10
Italiya chempionatining 13-turidan o'rin olgan markaziy o'yin – “Roma”- “Lacio” bahsida omad “bo'rilar” tomonida bo'ldi.

Uchrashuvda barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Bo'lim boshida Perotti penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, ko'p o'tmay Nainggolan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Chiro Immobilening penaltidan kiritgan goli faqatgina hisobni qisqartirdi, xolos. 


Roma – Lacio 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar:1:0 – 49, penalti Perotti, 2:0 – 53 Nainggolan, 2:1 – 72, penalti Immobile.

Roma – Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Florenci (Bruno Peres, 80), Strotman, de Rossi, El-Shaaravi (Jerson, 73), Nainggolan (Jezus, 85), Perotti, Djeko.

Lacio –Strakosha, de Vrey, Radu (Gabarron, 77), Marushich, Bashtush, Milinkovich-Savich, Lulich (Lukaku, 58), Luis Alberto, Parolo, Leyva (Nani, 58), Immobile.

Ogohlantirishlar: Lulich (18), Leyva (25), Luis Alberto (55), Nani (63), Nainggolan (67).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia